Vadim Abramov: "O'ylashimcha, haqli ravishda g'alaba qozondik"

Sherzod Nurmatov
25 noya 2020
Superliganing 24-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "So'g'diyona" (1:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'ylashimcha, ustunlikka erishib, haqli ravishda g'alaba qozondik. Jizzax jamoasi qarshi hujumda o'ynadi va ko'proq standart vaziyatlarga e'tibor qaratdi. Haqli g'alaba uchun jamoamiz futbolchilariga rahmat aytaman", – Vadim Abramov. 

Jamoa mavsum oxirida sifatli o'yin ko'rsatib, yaxshi natijaga erishmoqda. Mavsum o'rtalarida buning aksini kuzatgan edik...

Raqibga moslashgan holda qarshi hujumlardan ehtiyot bo'lib o'ynadik. Ular orqada qolib, bizning xatolarimiz kutishdi, shu sababli o'yin shunday ko'rinish oldi. Futbolchilarimiz to'p nazoratini qo'lga olishga va shoshmaslikka urinishdi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia