Valderama: "Zidan Xamesni yoqtirmaydi, shu sababli uni maydonga tushirmayapti"

Aslanov Jasurbek
28 apr 2016
Kolumbiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Karlos Valderamaning fikricha, "Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan yarim himoyachi Xames Rodrigesni yoqtirmaydi.

"Agar Xames 3, 4 yoki 5 ta gol urganda ham, Zidan uni maydonga tushirmaydi. Murabbiy Rodrigesni yoqtirmaydi. Anchelotti unga imkon berganida, Xames yaxshi o'ynagan, Benites paytida ham shunday edi. Nima bo'layotganini tushunmayapmiz" - deydi Valderama.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com