Vanda Nara: "Konte menga Mauroni rejalarimga kiritmayapman degani yo'q"

"Inter" hujumchisi Mauro Ikardining xotini va agenti Vanda Nara eri va Konte haqidagi ma'lumotni tasdiqlamadi.

"Soxta xabarlarga ishonib, uni ajrata olmaydigan insonlar ham bor. Menga hech kim qo'ng'iroq qilmagani haqida aytmoqchchiman", - deydi Nara.

Avvalroq, Ikardining xizmatlariga "Yuventus", "Roma" va "Napoli" klublari qiziqishayotgani xaqida ma'lumot tarqalgandi. Mauroning "Inter" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yil 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Ortda qolgan mavsum 26 yoshli hujumchi A Seriyaning 29 o'yinida 11 ta gol va 4 ta assist ni qayd etdi. YCHLda esa 6 o'yinda 4 marotaba gol urishga muvaffaq bo'ldi. 

Konte "Inter"dan Ikardini sotishni talab qildi 


Manba: championat.com