Vinisius Portugaliya klubi akciyalarini sotib oldi

Omonjon To`xtamirzayev
18 fev 2025
"Real" klubi futbolchisi Vinisius Junior Portugaliyaning "Alverka" futbol klubi akciyalarini sotib oldi.

Jamoa Portugaliyaning ikkinchi divizioni ishtirokchisi hisoblanadi.

Avvalroq, ishbilarmon Rikardu Visintin klubdagi o'z ulushini sotish niyatidaligini elorn qilgandi.

Ma'lumotlarga ko'ra, akciyalar ispaniyalik va braziliyalik investorlar guruhiga o'tadi. Vinisius aynan shu "guruh"ning a'zosi hisoblanadi. Kelishuv summasi 10 mln evroga baholanmoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: AS