Xadson-Odoi Dortmundning "Borussiya" klubiga o'tishi mumkin

Alisher
26 may 2021
"Chelsi" forvardi Kallum Xadson-Odoi Dortmundning "Borussiya" klubiga o'tishi mumkin.

20 yoshli angliyalik futbolchi ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqchi va London klubidan ketmoqchi.

"Borussiya" futbolchini xarid qilish yoki ijaraga olish variantini ko'rib chiqmoqda. Nemis klubi shuningdek "Lill"dan Jonatan Ikone va "Lids"dan Rafinyaga qiziqmoqda.

Xadson-Odoi 2020/21 yilgi mavsum "Chelsi" tarkibida 37ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 5ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Eurosport