Xalk sobiq jamoasiga qaytishni istamadi

Mirjalol Normatov
7 yanv 2021
Braziliyalik Xalk "Portu"ga o'tmaydi.

"Record" xabariga ko'ra, futbolchining portugal klubi bilan munosabatlari yomonlashgan va shu sababdan u boshqa variantlarni ko'rib chiqmoqda.

Ayni damda 34 yoshli Xalk erkin agent hisoblanadi va yangi jamoasiga tekinga o'tadi.

Xalk faoliyati davomida "Vitoriya", "Kavasaki Frontale", "Konsadole Sapporo", "Tokio Verdi", "Portu", "Zenit" va "Shanxay SIPG" jamoalari tarkibida o'ynagan. Braziliya termasi safida esa 48 o'yinda 11 gol urgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Record