Xayrullo Abdiev: "Nasaf" yoshlarini mag'lub etishimiz ham mumkin edi"

Narzulla Saydullayev
31 mar 2016
Yoshlar ligasi doirasidagi "Nasaf" – "Obod" (0:0) jamoalari uchrashuvidan so'ng biz "Obod" klubi o'rinbosarlar jamoasiga ustozlik qilib kelayotgan Xayrullo Abdievning fikrlari bilan qiziqdik.

- Bugungi o'yin qiziqarli va tomoshabop bo'ldi. Maydonda ikkala jamoa a'zolari ham ochiq, hujumkor o'yin ko'rsatishga intilishdi. Birinchi bo'limda tashabbus qisman shogirdlarim tomonida bo'ldi va hisobni ochish uchun yaxshi imkoniyatlarga ham ega bo'ldik. Biroq, yaratilgan vaziyatlarni golga aylantirishda yigitlarga biroz aniqlik yetishmadi. Ikkinchi bo'limda esa "Nasaf" ustunlikni o'z qo'llariga olishgan bo'lsa-da, o'yinda hisob ochilmadi.

- Murabbiy sifatida shogirdlaringizning tayyorgarligini qanday baholaysiz?
- Mavsum boshlanganiga ko'p bo'lgani yo'q. Shu bois hali shogirdlarim to'liq tayyor, deb aytolmayman. Ayni paytda jamoamiz jismoniy jihatdan qandaydir 75-80 foizga tayyor. Lekin turdan turga jamoaning o'yini ochilib bormoqda va umid qilamanki chiroyli o'yinlarimiz hali oldinda.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia