Xerardo Martino: "Futbolchilarim charchab qoldi"

Mirjalol Normatov
22 okt 2023
"Inter Mayami" bosh murabbiyi Xerardo Martino jamoa uchun mavsum anchagina charchoq bilan yakunlanganini aytdi.

Leo Messi sardorligidagi jamoa MLS pley-off bosqichiga chiqa olmadi. Jamoa kichik davr mobaynida Liga Kubogida g'alaba qozongan bo'lsa, AQSH Ochiq kubogi finalida "Orlando"ga mag'lub bo'ldi.

"Biz uch turnirda ishtirok etdik va bittasini yutdik. Jamoa juda charchab qoldi. Bu bahona emas. Haqiqat shunday", - dedi jamoa bosh murabbiyi.

"Inter Mayami" noyabr oyida Xitoyda turne o'tkazadi va ikkita o'rtoqlik o'yinida qatnashadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal