Xiddink PSVda ish boshlaydi

Rossiya terma jamoasining sobiq murabbiyi Gus Xiddink PSV klubida maslahatchi sifatida ish boshladi.

73 yoshli mutaxassis klubda texnik personal ishini muvofiqlashtirib boradi. Xiddink 2020 yilning yanvarida yangi lavozimda o'z ishini boshlaydi.

Gollandiyalik murabbiy o'z vaqtida ikki marta PSV bosh murabbiyi sifatida (1987-1990, 2002-2006) faoliyat yuritgan. Uning qo'l ostida klub olti bor Gollandiya chempioni, to'rt bor mamlakat kubogi va bir martadan mamlakat Superkubogi hamda Yevropa chempionlari kubogida g'olib chiqqan.


Manba: ПСВ клуби Твиттер саҳифаси