Xitoy klubi Yarmolenkoga qiziqish bildirmoqda

Sherzod Nurmatov
11 sen 2020
Ukrainalik o'yinchini diqqat bilan kuzatib borishmoqda.

"Vest Xem" vingeri Andrey Yarmolenko Xitoyning "Shandun Lunen" klubi qiziqishlari doirasiga kirdi, deya xabar berdi Sky Sports.

Ukrainalik o'yinchi Xitoy klubining transfer maqsadlaridan biri.

Oldinroq londonliklar bir nechta futbolchisini sotmoqchi ekanliklari haqida xabar berilgan edi.

Yarmolenko 2018 yildan beri "Vest Xem"da o'ynab kelmoqda. U o'tgan mavsumda barcha turnirlarda 23 o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli pasni amalga oshirdi. Futbolchining "bolg'achilar" bilan shartnomasi yana 2 yil amal qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports