Xitoyliklar Londondagi forvardni transfer qilmoqchi bo'lgandi

Mirjalol Normatov
12 yanv 2019
"Fulxem" hujumchisi Aleksandar Mitrovich faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin edi.

"The Sun" xabariga ko'ra, xitoyliklar futbolchini 57 million evro evaziga transfer qilmoqchi bo'lgandi. Ammo londonliklar transfer bo'lishini istashmadi.

24 yoshli Mitrovich ushbu mavsum oldidan "Nyukasl"dan 20 million evro evaziga "Fulxem"ga o'tgandi. Bu mavsumda u London jamoasi tarkibida 23 o'yinda qatnashib, 8 gol urdi va 2 golga assistentlik qildi.

Uning "Fulxem" bilan shartnomasi 2023 yilga qadar davom etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun