Xoland uchun kurashda yetakchi klub nomi ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
6 noya 2020
Dortmundning "Borussiya"si hujumchisi Erling Xoland Yevropaning uch top-klublari e'tiborida qolmoqda.

AS xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted", "Bavariya" va "Real" kabi klublar unga xaridor bo'lib turibdi. Biroq nashrning yozishicha, 20 yoshli forvardga "Real" tomonidan qiziqishlar kattaroq va ular Dortmund klubining barcha istaklarini bajarishga tayyor turibdi.

Mish-mishlarga qaraganda, "Real" forvardning transferi uchun 80 mln evro ajratishga tayyor.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS