

Futbolchi Al Qodisiya bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi. Shu vaqt oralig'ida hujumchi 40 million evro ishlab oladi.
Ma'lumot uchun, Per-Emerik Obameyang o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 50 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 30 ta gol va 11 ta golli uzatma bor. Umuman olganda hujumchi faoliyati davomida barcha jamoalari safida 692 ta uchrashuvda maydonga tushib, 349 ta gol urgan va 104 ta golga assist qayd etgan.




