Yana bir o'zbekistonlik mutaxassis Tojikistonda ish boshladi

Iskandarov Abdulaziz
22 iyul 2022
Futbolchilik faoliyati davomida "Guliston", "Kimyogar" va "Oq-tepa" jamoalarida o'ynagan tajribali yarim himoyachi Xurshid Yo'ldoshev Tojikistonda ish boshladi.

Yo'ldoshev Tojikiston Oliy ligasi ishtirokchisi Zafarobodning "Ravshan" klubida maslahatchi murabbiy sifatida ish boshladi.

Ma'lumot uchun, Xurshid Yo'ldoshev bunga qadar Sirdaryo viloyati futbol assotsiatsiyasida texnik direktor lavozimida faoliyat yuritayotgandi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia