Yurgen Klopp: "G'alabani pivo bilan nishonlaymiz"

Aslanov Jasurbek
25 okt 2021
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Manchester Yunayted" (5:0) ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi.

"Men nima deyishim mumkin? Men buni kutgandimmi? Albatta, yo'q. Futbolchilarning hujumda amalga oshirgan harakatlariga aql bovar qilmaydi.

Yuqori pressing uyushtirdik, to'pni nazorat qildik, ajoyib gollar urdik. Tanaffusda ularga bundan-da yaxshiroq o'ynay olishlarini aytdim.

Beshinchi goldan keyin o'yinning borishini butkul nazoratamizga oldik. Gap ko'p gol urishda emas, jarohatlardan omon qolishda.

Natija aql bovar qilmas darajada. Mendan bunday holat ilgari faoliyatimda bo'lganmi, deb so'rashdi, lekin javob berish uchun menga vaqt kerak. O'yinchilar kitobimga yaxshi bob qo'shib qo'yishdi.

Biz raqibni hurmat qilamiz. Bazi vaziyatlarda omadimiz keldi.

Hisob 5:0, shu bois juda xursandman. Bu ajoyib natija. Mutlaqo aql bovar qilmas natija.

Bugungi g'alaba bizniki, shuning uchun uyga ketayotganda pivo ichamiz", - dedi Klopp.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia