Yurgen Klopp: Koutino Sautgemptonga qarshi o'ynay oladi

Narzulla Saydullayev
30 noya 2015
Liverpul ustozi Yurgen Klopp Suonsiga qarshi o'yindan (1:0) so'ng Filippe Koutino Angliya liga kubogi 1/4 finali doirasidagi Sautgemptonga qarshi o'yinda ishtirok etishini ma'lum qildi.

Kecha Filippe mashg'ulot o'tkazdi ammo 2-3 kun oldin biz uning sog'ligi bilan tavakkal qilmaslikka qaror qilgandik. Endi u maydonga tushishga tayyor. Menimcha Koutino Sautgemptonga qarshi o'yinda ishtirok eta oladi, – deydi Klopp.

Koutino jamoasining oxirgi ikki o'yinini o'tkazib yubordi. Sautgempton – Liverpul uchrashuvi 2 dekabr kuni bo'lib o'tadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: goal.com