-G'alaba har ikkala jamoa uchun ahamiyatli. Albatta bunda biz g'olib chiqish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. “Nasaf” haqida etarlicha ma'lumotlarga egamiz. Jamoa ishtirokidagi 2-3 ta o'yinni ko'rib chiqdik. Raqibimiz tarkibida yaxshi futbolchilar jamlanishgan. Umuman olganda O'zbekiston klublari va terma jamoasi qita miqyosida o'ziga xos nufuzga ega. Ularga qarshi o'yin qiyin bo'lishi aniq. Jamoamiz tarkibida yo'qotishlar yo'q. Barcha futbolchilar mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda, -deydi Yusuf Adam.
Murod Naji: - Bismillohir rahmonir rahiyim. Pley of bir o'yindan iborat. Ammo biz o'yinni o'z maydonimizda o'tkazamiz. Bu bizga ustunlik beradi va biz bundan unumli foydalanishga harakat qilamiz. Qolaversa, bizda hozir chempionat bahslari davom etmoqda. Jamoamiz oxirgi o'yinlarda g'alabaga erishib, turnir jadvalida yuqori pog'onada bormoqda. Bu bizga ruhiy ustunlik bag'ishlaydi. “Nasaf”ga qarshi 2012 yili OCHL bahslarida “Ar Rayan” tarkibida maydonga tushganman. O'shanda ikkita o'yinda ham g'alabaga erishgan bo'lsakda, bunga osonlikcha erishmaganmiz. Lekin hozirgi “Nasaf” oldingiga qaraganda har tomonlama kuchaygan.