"Yuve", "Milan" yoki "Napoli"? (turnir jadvalidagi murakkab vaziyat haqida)

"Milan" kutilmaganda "Kalyari" bilan o'yinda ochko yo'qotdi va Chempionlar Ligasida ishtirok etish huquqini xavf ostida qoldirdi.

Endi "Milan", "Napoli" va "Yuventus" so'nggi turda YCHL yo'llanmasi uchun kurash olib boradi. Top-4'ga kirish uchun bir qator ehtimoliy kombinaciyalar mavjud. Quyida shu haqda ma'lumot beramiz. 

Ayni paytda 3 va 4-o'rinlar "rossoneri" hamda "adzurrilar"da (76 ochko), keyingi pog'onada "keksa sinora" - 75. 

Turnir jadvali

"Milan" 38-turda "Atalanta" mehmoni bo'ladi, "Napoli" "Verona"ni qabul qilsa, "Yuventus" "Bolonya"ga safar qiladi. 

• "Milan" 76 ochko:

- Agar "Milan" "Atalanta"ni mag'lub qilsa, nafaqat Chempionlar Ligasiga yo'llanma oladi, balki bergamoliklardan o'zib kumush medallarni kafolatlaydi. 

- O'zaro o'yinlar natijasi inobatga olinadigan bo'lsa, "Milan" "Napoli" va "Yuventus"dan yaxshiroq holatda. 

• "Napoli" 76 ochko:

- Agar "Napoli" "Verona"ni mag'lub qilsa, kuchli to'rtlikka kirishi kafolatlanadi. 

- O'zaro uchrashuvlar natijasi inobatga olinsa, "Napoli" "Milan"ga yutqazgan, "Yuventus" bilan esa tenglik qayd etilgan. 

- O'zaro o'yinlar natijasi teng kelgan holatda to'plarning umumiy nisbatiga murojaat qilinadi. Bunda "Napoli" (+45) "Yuventus"dan (+36) yuqorida. 

• "Yuventus" 75 ochko:

- "Yuventus" "Bolonya"ni mag'lub qilishi va to'g'ridan-to'ri raqiblarining ochko yo'qotishini kutishi kerak. 

- Yana bir muqobil variant bor: "keksa sinora" "Bolonya" bilan durang o'ynashi, "Milan" va "Napoli"ning mag'lubiyati. 

 

Bunday holatda uchchala jamoaning ochkolari tenglashadi (76) va "Avulsa" klassifikaciyasi boshlanadi. Bu jamoalarning faqat bir-biriga qarshi o'yinlari inobatga olinadigan mini-liga. 

Natijada, "Milan", "Yuventus" va "Napoli"ning har birida 6 tadan ochko bo'ladi. Shu tufayli o'zaro bahslardagi to'plar nisbatiga murojaat qilinadi va "Napoli" 5-pog'onaga tushib ketadi. Gap shundaki, "Milan"da to'plar nisbati ideal holatda (+2), "Yuve" va "Napoli"da esa -1. Shu tufayli "byankonerilar" "Napoli"ga nisbatan ko'proq gol urgani tufayli yuqoriga joylashadi. 

• O'zaro natijalar: 

- "Milan" 

"Milan" 1:3 "Yuventus" 

"Yuventus" 0:3 "Milan" 

"Napoli" 1:3 "Milan" 

"Milan" 0:1 "Napoli" 

 

- "Napoli"

"Napoli" 1:3 "Milan" 

"Milan" 0:1 "Napoli" 

"Napoli" 1:0 "Yuventus" 

"Yuventus" 2:1 "Napoli" 

 

- "Yuventus"

"Milan" 1:3 "Yuventus" 

"Yuventus" 0:3 "Milan" 

"Napoli" 1:0 "Yuventus" 

"Yuventus" 2:1 "Napoli"  

• "Avulsa" klassifikaciyasi jadvali: 

1. "Milan" 6 ochko - (urilgan: 7, o'tkazilgan: 5, nisbat: + 2);

2. "Yuventus" 6 ochkov (urilgan: 5 o'tkazilgan: 6, nisbat: -1);

3. "Napoli" 6 ochkov (urilgan: 4 o'tkazilgan: 5, nisbat: -1).


Manba: championat.asia