"Yuventus" bugun ketma-ket 9-bor A Seriya chempioniga aylanishi mumkin

Alisher
23 iyul 2020
Bugun Italiya A Seriyasi 35-turi doirasida "Udineze" "Yuventus" bilan o'ynaydi.

Mauricio Sarri jamoasi "Atalanta"dan 6 ochko ilgarilab ketgan holda jadvalda yetakchilik qilmoqda.

Bundan tashqari turinliklar bergamoliklarga nisbatan bitta kam o'yin o'tkazishgan.

Agar bugun "Yuventus" "Udineze"ni mag'lubiyatga uchratsa, farq 9 ochkoga etadi va "keksa sinora" ketma-ket 9-bor A Seriya g'olibiga aylanadi.

"Udineze" - "Yuventus" o'yini saytimiz tomonidan matnli translyatsiya qilinadi, shunday ekan bizni kuzatishda davom eting.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia