

Ma'lumotlarga ko'ra, "Liverpul" bilan shartnomasi 2018 yilda yakunlanadigan Jan uni uzaytirishga tayyor, ammo faqat shartlar yaxshilangan holda. Mersisaydliklar ustozi Yurgen Klopp futbolchining talablariga rozi emas va Jan o'yinini rivojlantirishi kerak deb hisoblamoqda.
Joriy mavsumda Jan APLning 21 ta uchrashuvida maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi.



