"Yuventus" "Sevilya" xavbekini o'z safiga chorlamoqda

Sherzod Nurmatov
28 mar 2021
"Sevilya" yarim himoyachisi Xoan Xordan "Yuventus"ning transfer maqsadiga aylandi, deb yozmoqda "Football Italia".

Gazetaning yozishicha, 26 yoshli ispaniyalik 25 million evro evaziga "keksa sinora" tarkibiga qo'shilishi mumkin.

Xordan joriy mavsumda "Sevilya" uchun 41 uchrashuv o'tkazib, 2 ta gol urdi va 7 ta golga uzatma berdi. 

Uning klub bilan shartnomasi 2023 yil iyunigacha mo'ljallangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia