

Unga ko'ra, "Yuve" 25 yoshli futbolchining transferi uchun 5 million evro to'laydi. Shuningdek, yana 2 million evroni bonuslar tarzida vada qiladi. Futbolchi Turin klubi bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi. Unda yiliga 2,7 million evro maosh oladi.
"Yuventus" Rodrigo Bentankurni sotib yuborgandan keyingina ushbu transferni amalga oshirishi mumkin bo'ladi. Zakariyaning "Borussiya" bilan kelishuvi 2023 yil yozida yakunlanadi.



