"Zenit" Alissonni sotib olmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
9 yanv 2025
Sankt-Peterburgliklar tarkibini kuchaytirish niyatida.

Jurnalist Marko Geveshning xabar berishicha, "Atletiko Mineyro"ning 19 yoshli vingeri Alisson "Zenit" skautlari e'tiborini tortgan. 

Ma'lum qilinishicha, shu transfer oynasining o'zida Rossiya klubi "Atletiko Mineyro"ga taklif yuboradi.

"Ayni paytda menda "Zenit" va Lotin Amerikasi vakillari o'rtasidagi muzokaralar borasida aniq ma'lumot yo'q, lekin "Zenit" yosh, iqtidorli Alisson Santanaga qiziqayotganidan xabardorman. Alisson piterliklar a'zosi Pedro bilan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida birga to'p tepishi kutilmoqda".

"Atletiko Mineyro" safida 41 o'yinda braziliyalik 3 ta gol urgan va 1 ta assist qayd etgan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Твиттер Geves_Galo