Jeparov gol urdi va "Seongnam"ga g'alaba keltirdi

Narzulla Saydullayev
28 sen 2013
Bugun Janubiy Koreya K-ligasida ikkinchi bosqichning 4-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Server Jeparov to'p tepayotgan "Seongnam Ilva Chunma" klubi safarda "Geongnam" mehmoni bo'ldi.

O'yinda mehmonlar 2:1 hisobida zafar quchishdi. Takidlash lozimki, 88-daqiqada Server Jeparov penaltidan gol urib jamoasiga g'alaba keltirdi.

"Geongnam" - "Seongnam Ilva Chunma" 1:2
Gollar:
Jeong Seong-Xun 29 - Kim Tae-Xvan 70, Server Jeparov 88 (penalti).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia