

Portugaliyalik futbolchi qovurg'asi singani tufayli 8 apreldan beri maydonga tushmayapti, ammo mashg'ulotlarni boshlab yuborgan.
Pepe "Real"ning joriy mavsum "Santyago Bernabeu"da o'tkazadigan so'nggi bahsida muxlislar bilan xayralasha olmaydi. 34 yoshli futbolchining "Qirollik klubi" bilan shartnomasi yozda yakunlanadi.
"Pepe 10 yil ichida bu yerda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Ammo tavakkal qilmayman, chunki uning qovurg'asida muammo bor" - deydi Zidan.



