Zinchenkoga A Seriyadan taklif bor

Mirjalol Normatov
10 avg 2023
"Arsenal" himoyachisi Aleksandr Zinchenko Italiyaning bir qancha klublari e'tiboriga tushdi.

Ma'lum bo'lishicha, "Inter" va "Yuventus" himoyachining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. "Kanonirlar" esa futbolchisi uchun qoniqarli taklif bo'lsa, sotib yuborishga ham tayyor turibdi.

35 mln evroga baholanayogan 26 yoshli himoyachining London klubi bilan yana 3 mavsumlik shartnomasi bor. 

O'tgan mavsumda ukrainalik futbolchi APLning 27 o'yinida qatnashib, 1 gol va 2 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal