2016 yilgi Yevropa chempioni kutilmaganda Portugaliya termasidagi faoliyati tugaganini ma'lum qildi

Sherzod Nurmatov
20 sen 2022
Lissabonning "Benfika" klubi hujumchisi Rafa Silva Portugaliya terma jamoasidan kyetishga qaror qildi.

"Men Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush va Portugaliya futbol federatsiyasi rahbariyatini boshqa terma jamoada o'ynamasligim haqida xabardor qildim. O'ylaymanki, to'g'ri qaror qabul qildim. Hammadan shaxsiy sabablarni hurmat qilishini so'ragan bo'lardim", – dedi futbolchi o'z bayonotida.

29 yoshli Silva Portugaliya termasida 2014 yildan buyon to'p tepib keladi. U terma jamoa safida jami 25 ta o'yin o'tkazgan bo'lib, 2016 yilgi Yevropa chempioni, Millatlar Ligasining 2018/2019 yilgi mavsumi g'olibi sanaladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario AS