Terri Brunu Fernandesh haqida nimalar dedi?

Terri Anri Brunu Fernandeshning Meksikaga qarshi o'yini haqida fikr bildirdi.

"Hujumchilar yaxshiroq o'ynashlari kerak. Brunu Portugaliya uchun 5 ta imkoniyat va ikkita yaqqol vaziyat yaratdi, lekin Portugaliya ularning birortasini ham golga aylantira olmadi.

Jamoangizda dunyoning eng zo'r yarim himoyachisi bor va u ko'plab vaziyatlar yaratadi. Sizning vazifangiz - shunchaki gol urish, lekin hujumchilar unga doimo qiyinchilik tug'dirishmoqda", - dedi u.

Eslatib o'tamiz, bugun tongda Meksika hamda Portugaliya o'zaro o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi va unda 0:0 hisobi qayd etildi. Uchrashuvda Krishtianu Ronaldu ishtirok etmadi. Uning o'rniga tushib 64 daqiqa to'p tepgan Gonsalo Ramush esa 3 ta katta imkoniyatni ko'kka sovurdi.


Manba: goal.com