A Seriya. "Lacio" kuchli oltilikka kirib olish imkoniyatini qo'ldan boy berdi

Aslanov Jasurbek
1 apr 2025
A Seriyaning 30-turidan o'rin olgan bahs yakuniga etdi.

Jamoalar birinchi bo'limni gollarsiz yakunlashdi. 57 daqiqada Marushich Pedroning uzatmasidan so'ng o'z nomiga gol yozdirib qo'ydi. Biroq rimliklar g'alabani ushlab qola olishmadi. 82 daqiqada "Torino" hisobni tenglashtirdi va bahs durang bilan yakun topdi. Agar "Lacio" g'alabani saqlab qolganida, A Seriya jadvalida "Roma"dan o'zib ketib, kuchli oltilikka kirib olar edi.

A Seriya. 30-tur

Lacio - Torino 1:1

Gollar: Marushich, 57 - Gineytis, 82

Lacio: Provedel - Xisay (Pellegrini, 73), Jigo, Romanoli, Marushich - Genduzi, Rovella - Isaksen (Chauna, 89), Dia (Noslin, 66), Dzakkani - Pedro (Dele-Bashiru, 73)

Torino: Milinkovich-Savich – Valyukevich (Karamo, 72), Koko, Maripan, Biragi – Kazadei (Sanabriya, 71), Richchi – Lazaro (Pedersen, 86), Vlashich (Gineytis, 71), Elmas – Adams (Ilich, 8)



A SERIYA JADVALI


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar