A Seriya. “Roma” autsayder darvozasiga javobsiz beshta gol urdi

Eldor Akmurzayev
9 may 2021
Italiya chempionati 35-turidan o'rin olgan “Roma” – “Krotone” bahsida mezbonlar yirik (5:0) g'alabaga erishdi.

Rimliklar safida Borxa Mayoral va Lorenco Pellegrini dublga erishgan bo'lsa, yana bir gol Genrix Mxitaryan hisobiga yozildi.

“Roma” bugungi g'alabadan keyin ochkolari sonini 59 taga etkazib 7-o'ringa qaytdi.

"Roma" – "Krotone" 5:0 (0:0, 5:0)

"Stadio Olimpiko"

Gollar: 1:0 – 47 Mayoral, 2:0 – 70 Pellegrini, 3:0 – 73 Pellegrini, 4:0 – 78 Mxitaryan, 5:0 – 90 Mayoral.

"Roma" – Fuzato, Karsdorp, Rojer (Jezus, 46), Reynolds (Santon, 59), Kumbula, Kristante (Zalevski, 80), Pellegrini, Darbo (Bove, 80), Mxitaryan, Pedro (Pastore, 67), Mayoral.

"Krotone" – Kordac, Magalyan, Golemich, Djidji, Reca (Rispoli, 46), Benali (Dzanellato, 72), Molina, Unas (River, 87), Chigarini (Petrichchone, 72), Junior Messias, Nvankvo.

Ogohlantirishlar: Darbo (54), Kristante (62).

TURNIR JADVALI


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia