Abduqodir Husanov O'zbekistonning eng qimmat futbolchisiga aylandi

Narzulla Saydullayev
10 dec 2024
Transfermarkt Franciya chempionatida o'ynayotgan futbolchilarning transfer narxini yangiladi.

Yangilanishdan so'ng Abduqodir Husanovning transfer narxi 7 million evroga ko'paydi va 12 million evroga etdi!

Himoyachi bu mavsum "Lans" klubining asosiy futbolchisiga aylanib oldi. Husanov bir necha marta o'yinning eng yaxshi futbolchisi (yoki kamida eng yaxshilardan biri) deb topildi. Bundan tashqari, oktyabr oyida Abduqodir Franciya chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi deb tan olindi. Transfer narxining oshishiga Husanovga Evropaning top-klublaridan bo'layotgan qiziqish ham sabab bo'ldi.

Endi Husanov:
• Franciya chempionatida markaziy himoyachilar orasida 21-o'rinda;
• Franciya chempionatida U-21 markaziy himoyachilar orasida 2-o'rinda;
• Osiyolik markaziy himoyachilar orasida 4-o'rinda.

Shunday qilib, Abduqodir Husanov ayni paytda O'zbekistonning eng qimmat futbolchisiga aylanib oldi. Bu o'zbek futboli tarixidagi ikkinchi natijaga aylandi: 2021 yilda "Roma"ga o'tganidan keyin Transfermarkt Eldor Shomurodovni 14 million evroga baholagan edi.



Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Fanat_Euro_football
10 dec 2024
qaysidir kamanda 40 mln ga sorayaptikan
Murodjon Muhtorov
10 dec 2024
Negadur shu bolani kelajakda Real Madrid libosida ko'ryapman. Hozir vaziyatda olsa ham bo'ladi Real. Varanga o'xshab
Bahodir
10 dec 2024
осиёлик Химоячилар орасида 4 уринда? Кизик 1-3 кимлар экан а осиёлик
Goldberg
10 dec 2024
25-30 млн атрофида сотволишмокчи диган хабарла чикканиди якинда
BXZ BXZ
10 dec 2024
Абдукодир Хусанов тахмин килишимча Аплни бирор бир топ жамоасига боради агар Псж сотиб олмаса .
Arsenal 14
10 dec 2024
Atletikoga o'tsa zo'r bo'lardi.
10 dec 2024
Расмни дахшатини куйбсизлару
Mardon Eshmonov
11 dec 2024
Яша Абдукодиржон Аллох насиб килса Испания Ла легаси жаммоалари Реал Барса Атлетико каби Буюк жаммоаларда туп суриш Сенга насиб этсин. Сен билан Фахирланмиз. Самаркандлик Нуробод т. Тим. к. Мухлисларинг.
Bugatti vieyron
10 dec 2024
Sport tv telegram kanali sizlarda ham ishlamayaptimi
Mardon Eshmonov
11 dec 2024
Яша Абдукодиржон Аллох насиб килса Испания Ла легаси жаммоалари Реал Барса Атлетико каби Буюк жаммоаларда туп суриш Сенга насиб этсин. Сен билан Фахирланмиз. Самаркандлик Нуробод т. Тим. к. Ашадий Мухлисларинг.
Ko'proq ko'rsatish