Abdusalom Azizov - O'zbekiston futbol Associaciyasi yangi prezidenti

Narzulla Saydullayev
15 jul 2019
Bugun O'zbekiston Futbol Associaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tdi.

Toshkentdagi "Radisson Blu Hotel" mehmonxonasida o'tgan O'FAning navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasida tashkilotga yangi prezidenti saylandi. O'FA prezidentligiga nomzod sifatida ko'rsatilgan O'zbekiston Respublikasi Davlat Xavfsizlik Xizmati rahbari Abdusalom Azizov 80 nafar delegatlar tomonidan bir ovozdan saylandi. Shu tariqa Abdusalom Azizov O'zbekiston Futbol Associaciyasining yangi prezidenti sifatiga ishga kirishdi.

Eslatib o'tamiz, bunga qadar O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari Achilbay Ramatov O'FA rahbari sifatida ishlab kelayotgandi. Ramatov 2018 yilning 25 yanvar kuni mazkur lavozimga Umid Ahmadjonov o'rniga saylangandi. Umid Ahmadjonov esa O'FAning Birinchi vice-prezidenti sifatida O'FA boshqaruvida 1,5 yil davomida ishladi. Joriy yilning 14 iyun kuni esa O'FAning Ijroqum yig'ilishida Ahmadjonov istefoga chiqarilgandi. Uning o'rniga esa O'FAdagi boshqaruv vice-prezident etib saylangan Ravshan Ermatov qo'liga o'tgandi.

Endilikda Abdusalom Azizov rahbarligidagi O'FAda boshqaruv tizimi Birinchi vice-prezidenti etib saylangan Ravshan Ermatov qo'liga o'tdi.

Yangi rahbariyatga mazkur ishda saytimiz hamda futbol muxlislari nomidan muvaffaqiyat va omad tilab qolamiz!




Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Xurshid_1984
15 jul 2019
ишқилиб ҳаммаси яхшилик бн тугасин
Xurshid_1984
15 jul 2019
қалтис танлов
Hamdambek
15 jul 2019
Exxx bu ketishda JCH 2022 ham armon bo'ladiyov
jahongir
15 jul 2019
Bunisi chatoq ish bo'ldi.
Марфуша! Ғам-ғуссага не ҳожат.
15 jul 2019
Жаноб фақат футболни ўлдирманг! Шундоқ ҳам ўлдириб кетишди.