Abraham "Roma"ga qaytdi

Mirjalol Normatov
29 iyun 2025
"Milan" matbuot xizmati hujumchilar Luka Yovich hamda Temmi Abraham jamoadan ketganini ma'lum qildi.

Klub serbiyalik forvard bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi. Luka Yovich 2023 yildan buyon "Milan"da harakat qilayotgandi. Shu davr mobaynida u 47 o'yinda 13 gol urdi.

"Roma"dan ijaraga olingan Abrahamni esa "Milan" sotib olishni istamadi. U yana Rim klubiga qaytadigan bo'ldi. 27 yoshli angliyalik hujumchi 45 o'yinda 10 marta raqiblari darvozasiga yo'l topgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: acmilan/status