Adam Lallananing ikkita qovurg'asi singan ekan

Narzulla Saydullayev
12 dek 2014
"Liverpul" yarim himoyachisi Adama Lallana qovurg'asini sindirib oldi, deb xabar bermoqda The Telegraph nashri.
"Qizillar"ning ko'plab muxlislari nima uchun Brendan Rojers Adamni YCHL 6-turidagi "Bazel"ga qarshi uchrashuvda zaxirada qoldirganini tushunishmadi.

23 noyabr kungi Premer-Liga doirasidagi "Lester"ga qarshi bahsda Lallana ikkita qovurg'asini sindirib olgandi. Og'riqni qoldiruvchi ukollar yordamida Adam "Sanderlend" bilan uchrashuvda ishtirok etgandi.

"Bazel"ga qarshi o'yinda Lallana xatto zaxiradan maydonga tushishga ham tayyor emas edi. "Liverpul" murabbiylar shtabi Adam yakshanba kungi "Manchester Yunayted"ga o'yingacha tayyor bo'lishini kutishmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fapl.ru