Adenis Shala: "Paxtakor"dan yaxshiroq o'ynadik"

Mirjalol Normatov
20 noya 2025
Superliganing 29-turi doirasida "Paxtakor" - "Nasaf" uchrashuvidan keyin "ajdarlar" futbolchisi Adenis Shala fikrlarini bildirdi.

– O'yin haqida

– O'yin og'ir bo'lishini bilardik va unga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan edik. Bugun biz “Paxtakor”dan yaxshiroq o'ynadik deb o'ylayman, ammo afsuski, omad biz tomonda bo'lmadi.


– Joriy mavsumdagi ko'rsatkichlaringiz havas qilarli emas. Superligaga moslashishingizga nimalar to'sqinlik qildi?

– Men faqat oldinga qarab intilaman. Futboldagi ko'rsatkichlar atigi olti oy bilan o'lchanmaydi. Jarohat olgan edim va bir oy maydondan tashqarida qolishga to'g'ri keldi. Hozir bor e'tiborim oldimga qo'ygan maqsadlar va o'z o'yinimni yaxshilashga qaratilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia