Agent: "Teloning kelajagi "Barselona" bilan bog'liq emas, u "Portu"da qolmoqchi"

Aslanov Jasurbek
30 okt 2015
"Portu" hujumchisi Kristian Teloning agenti Xosep Mariya Orobitgning so'zlariga ko'ra, uning mijozining kelajagi "Barselona" bilan bog'liq emas.

Teloning transfer huquqi "Barselona"ga tegishli, futbolchi Portugaliya klubida ijara asosida o'ynamoqda.

"Biz Telo bilan "Barselona" vakillariga futbolchi qaytmasligini ma'lum qildik. "Barselona" o'z safida boshqa klubda o'naydigan futbolchilarni ko'rishni istamaydi. Shu sababli Teloning kelajagi "Barselona" bilan bog'liq emas. Kristian "Portu"da qolmoqchi" - deydi Orobitg.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: O Jogo