Enrike Sereso: "Tyurpen? U bugun maydonga tushadimi? Hakam kimligini umuman bilmayman"

Aslanov Jasurbek
14 apr 2026
Madridning Atletiko klubi prezidenti Enrike Sereso Barselonaga qarshi kechadigan muhim bahs oldidan o'ziga xos tarzda intervyu berdi.

Klub rahbari uchrashuv bosh hakami Kleman Tyurpen haqidagi savolga hazil bilan javob qaytardi.

Jurnalistlar va Sereso o'rtasidagi suhbat quyidagicha ko'rinish oldi:

- Tyurpenning tayinlangani sizni xavotirga solmayaptimi?

- U bugun o'ynaydimi?

- Bu hakam-ku.

- A, hakammi. Rostini aytsam, bizning o'yinni kim boshqarishi haqida umuman ma'lumotga ega emasman, - dedi Sereso.

Eslatib o'tamiz, Atletiko va Barselona jamoalari o'rtasidagi YCHL 1/4 final javob uchrashuvi bugun tunda Madridda bo'lib o'tadi. Birinchi bahsda matraschilar 2:0 hisobida g'alaba qozonishgan edi. Diego Simeone shogirdlari o'z uylarida ushbu ustunlikni saqlab qolishga harakat qilishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Objetivo.atletico