AGMK finalning dramatik kechgan ikkinchi o'yinida ham "Paxtakor"ni mag'lub etdi GALEREYA

Tolibjon Qosimov
17 dec 2019
Futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatining hal qiluvchi bellashuvlari yakuniga etib bormoqda.

Kecha uchinchi o'rin uchun kechgan ikkinchi o'yinda "Navbahor" va "Nasaf" jamoalari o'zaro 4:4 hisobida durang o'ynashdi. Penaltilar seriyasida esa omad namanganliklar tomonida bo'ldi - 2:1. Birinchi bahsda qarshiliklar 6:3 hisobida zafar quchishgan edi. Bugun jamoalar hal qiluvchi oxirgi uchrashuvni o'tkazishadi.

Finalning ikkinchi bahsida "Paxtakor" va AGMK jamoalari dramatik o'yinni namoyish etib berishdi. Birinchi kunda olmaliqliklar 6:1 hisobida oson g'alabani qo'lga kiritishgandi. Kechagi to'qnashuv esa keskin va murosasiz kurashlar ostida o'tdi. Yakunda jarohatlar girdobiga tushib qolgan Ravshan Rajabov boshchiligidagi "sherlar" 1-bo'limdan keyingi ustunlikni saqlab qola olishmadi. Aleksandr Petrov murabbiyligidagi AGMK esa jarohatlar nuqtai-nazaridan ustunlikdan foydalana oldi va yakunda 5:4 hisobida g'alaba qozondi. Agar bugungi o'yinda olmaliqliklar g'alaba qozonishsa final seriyasi yakuniga etadi. Bordiyu, poytaxtliklar bu safar g'alabani o'zlariniki qila olishsa, final seriyasi davom etadi.


Futzal, final
2-kun, 16.12.2019
"Paxtakor" - AGMK 4:5
Gollar:
D.Shavkatov 14, 17, 19, T.Sadirov 34 - I.Ropiev 4, 21, I.Hamroev 18, 26, T.Sadirov 32 (avt.)
"Paxtakor"(birinchi beshlik): Ravshan Eliboev, Dilshod Irsaliev, Feruz Fahriddinov, Avazbek Abduvaliev, Ilhom Rajabov.
Zaxira: Muhammad Zoirov, Mahsud Fayzullaev, Timur Sadirov, Dilmurod Shavkatov, Fahriddin Samegov, Farhod Abdumavlonov, Akmal Hazratqulov.

AGMK (birinchi beshlik): Rustam Umarov, Mashrab Adilov, Davron Valijonov, Akbar Usmonov, Temur Berdiev.
Zaxira: Abbosbek O'lmasaliev, Ixtiyor Ropiev, Ilhomjon Hamroev, Davron Abdurahmonov, Dilshod Rahmatov, Alan Aminov, Islambek Biyturaev, Anasxon Rahmatov, Husniddin Nishonov.
Ogohlantirishlar: A.Abduvaliev 27, D.Irsaliev 32 - H.Nishonov 7


Tolibjon QosimovMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

ZENIT-84
17 dec 2019
Бугунги жанжалликлар учун чора курилади деган умиддаман бу футбол куча жанги эмас
Iftixor.
17 dec 2019
AGMK juda chiroyli galaba qozondi. Paxtakor esa maglubiyatga chiday olmadi. Nima bolganda ham bu oyin milliy jamoada birga oynaydigan oyinchilar bundey bir birlariga tawlanishi togri emas.
AlisherYuventus
17 dec 2019
Futzalda ham Futbolda shu ikkala jamoani finalda ko'ramiz.Ammo qiziqarli tomoni futbolda Paxtakor futzalda Agmk g'alaba qozonmoqda.
Aspire
17 dec 2019
Dilshod Irsaliyevi sochi oqarib ketseyam fudzaldan ketmabdi qoyil lekin tassano bir paytlar terma jamoa yuregi edi