AGMK yangi mavsumga tayyorgarlikni 20 dekabr kuni boshlaydi

Narzulla Saydullayev
18 dek 2018
O'zbekiston kubogi sohibi AGMK klubi shu haftada yangi mavsumga tayyorgarlikka kirishadi.

Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi jamoa 20 dekabr kuni yig'iladi. Yangi yil bayramidan so'ng futbolchilar Toshkentda 3-15 yanvar kunlari shug'ullanishadi. 18 yanvarda xorij yig'inini o'tkazish uchun Turkiyaga jo'nab ketiladi.

Eslatib o'tamiz, AGMK 12 fevral kuni OCHL doirasida o'z maydonida Tojikiston chempioni "Istiqlol"ga qarshi o'ynaydi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia