Akram Komilov: "Terma jamoadan taklif olish qo'shimcha motivaciya beradi"

Narzulla Saydullayev
18 mar 2024
Srechko Katanets boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Gonkong bilan o'yin oldidan Toshkentda yig'ildi.

Tarkibga ma'lum tanaffusdan so'ng himoyachi Akram Komilov ham jalb qilindi. Futbolchi bu haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Avvalambor hammaga Ramazon oyi muborak bo'lsin. Terma jamoadan ancha vaqtdan beri chaqiruv olmagan edim. Hozirgi saralash o'yinlariga taklif qilinganimdan mamnunman. Nasib qilsa o'zimni ko'rsatib, jamoaga yordam berishga harakat qilaman.

Gonkong yaxshi terma jamoa. Shunga yarasha tayyorgarlik ko'ramiz. Terma jamoaga kelish qo'shimcha motivaciya beradi. Barcha futbolchilar bilan oldin o'ynaganman. Katanets bilan esa ikkinchi marotaba ishlashim. Xudo xohlasa, muammo bo'lmaydi",- deydi Akram Komilov. 





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia