

O'tgan turda Termizda mag'lub bo'lgan "Qizilqum" bu gal Toshkentda mehmon bo'ladi.
Turnir jadvali
23 o'yindan keyin 36 ochko to'plagan "qaldirg'ochlar" "karvon"da 5-bo'lib borishmoqda. "Bunyodkor" nazariy jihatdan kumush medallar uchun kurashdan chiqib ketamagan.
31 ball bilan 9-o'ringa joylashgan Navoiy klubi esa so'nggi 3 turda engilsa, ham 10-pog'onaga tushib kyetmaydi.

Oxirgi to'qnashuv
Mazkur jamoalar 1-davraning 11-turida Navoiyda uchrashishgan, o'sha bahsda mezbonlarning qo'li baland kelgan edi (2:1).
QIZILQUM – BUNYODKOR 2:1
26 iyun. Navoiy. "Yoshlar" sport majmuasi. 20:00
Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Zufar Eliboev, Farhod Usmonov, Sardor Ismatullaev
Gollar: Erkin Baydullaev 19, - 1:0. Mate Vastadze 38, - 2:0 (Elguja Grigalashvili). Mirjahon Mirahmadov 76, - 2:1 (Farruh Ikromov).
Bu "Qizilqum"ning o'zaro uchrashuvlar tarixidagi 4-g'alabasi edi. Umuman olganda, bu boradagi ustunlik "Bunyodkor" tomonida: 19 g'alaba, 4 tadan durang va mag'lubiyat, to'plar nisbati - 57:20 (+37).

Ma'lumot uchun, Shuhrat Maqsudov boshchiligidagi "Bunyodkor" joriy mavsum uy uchrashuvlarida mag'lub bo'lgani yo'q. Hamidjon Aktamov esa oxirgi intervyusida yuz fozlik natija ko'rsatishni xohlayotganini bildirdi. Nima deb o'ylaysiz, "Qizilqum" "Bunyodkor"ning Toshkentdagi mag'lubiyatsiz seriyasini tugata oladimi?
“Bunyodkor” – “Qizilqum”
Hakamlar: Elyor Tursunov, Zufar Eliboev, Farhod Usmonov, G'ayrat Jo'raev
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: Sardor Qudratullaev

