"Al Ahli" Argentina termasi yarim himoyachisini sotib olmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
19 mar 2024
Mattias Yayssle boshchiligidagi jamoa tarkibini amaldagi jahon chempioni bilan kuchaytirmoqchi.

Madridliklar argentinalikni faqatgina munosib narxgagina qo'yib yuborishga tayyor. "Atletiko" rahbarlari ushbu kelishuvdan kamida 90 million evroga ishlab olmoqchiligi ma'lum qilingan. 

Bu mavsum "Atletiko" safida 38 o'yinda maydonga tushgan Rodrigo De Paul 1 ta gol urdi va 5 ta assist qayd etdi.

Avvalroq, “Al Ahli” futbolchi uchun “Atletiko”ga 32 million evro taklif qilgandi. Biroq saudiyaliklar transfer summasini biroz ko'tarishga tayyorligi aytilmoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: TodoFichajes