Elit Chempionlar ligasi. Mahrezning goli "Al Ahli"ni chorak finalga olib chiqdi

Aslanov Jasurbek
13 apr 2026
Osiyo Elit Chempionlar ligasining nimchorak final bosqichi doirasida Saudiya Arabistonining "Al Ahli" hamda Qatarning "Al Duhayl" jamoalari o'rtasidagi javob uchrashuvi bo'lib o'tdi.

120 daqiqa davom etgan drama mezbonlarning g'alabasi bilan yakunlandi.

"Al Ahli" (Saudiya Arabistoni) - "Al Duhayl" (Qatar) 1:0 (qo'shimcha vaqtlarda)

Gol: Riyad Mahrez 117 (1:0).

Amalga oshirilmagan penalti: Ayvan Touni 105+7 (darvozabon).

Uchrashuvning asosiy vaqtida darvozalar daxlsiz qoldi. E'tiborlisi, birinchi qo'shimcha bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda "Al Ahli" hujumchisi Ayvan Touni penaltidan unumli foydalana olmadi. Biroq, bahs yakunlanishiga uch daqiqa qolganda jazoirlik yulduz Riyad Mahrez raqib darvozasini ishg'ol qilib, Jidda klubiga muhim g'alabani taqdim etdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia