"Al Hilol" Neymarni sotib olish uchun 200 million evro sarflashga tayyor

Sherzod Nurmatov
10 avg 2023
PSJ hujumchisi Neymar Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi transfer maqsadiga aylandi, deya xabar berdi "Relevo".

Manbaga ko'ra, klub braziliyalikning transferi uchun 200 million evro to'lashga tayyor. Bu summaga futbolchining uch yillik maoshi kiradi. PSJ Neymarni "Al-Hilol"ga qo'yib yuborishga tayyor, chunki ular Yevropada raqiblarini kuchaytirishni istamaydi.

Neymarning asosiy maqsadi – MLS klubiga o'tish.

Neymar 2017 yilda 222 million evro evaziga "Barselona"dan PSJga o'tgan edi. O'shandan beri u 173 ta o'yin o'tkazib, 118 ta gol urgan va 77 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining parijliklar bilan kelishuvi 2025 yilning iyunigacha mo'ljallangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Relevo