Alba jarohat oldi va "El Klasiko"ni o'tkazib yuborishi mumkin

Alisher
5 okt 2020
"Barselona" himoyachisi Jordi Alba Ispaniya chempionati 5-tur doirasidagi "Sevilya" (1:1)ga qarshi o'yinda jarohat oldi.

Endilikda futbolchi 25 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan Madridning "Real" klubiga qarshi "El Klasiko"ni o'tkazib yuborishi mumkin.

Kataloniya klubi matbuot xizmatining xabariga ko'ra, ispaniyalik futbolchi tizzasidan jarohat oldi.

"Barselona" La Liga 6-tur doirasida "Xetafe" bilan o'ynaydi. O'yin 18 oktyarbda bo'lib o'tadi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FCBarcelona_es