Alba: "Neymar - noyob o'yinchi, ammo u o'z tanlovini amalga oshirgan"

Alisher
2 iyun 2020
"Barselona" himoyachisi Jordi Alba PSJ hujumchisi Neymarning kataloniyaliklar safiga qaytishi mumkinligi borasidagi savolga javob berdi.

Eslatib o'tamiz, braziliyalik futbolchi 2017 yilda "Barselona"dan PSJga o'tgan edi. Uning transferi PSJga 222 million evroga tushgandi.

"Shubhasiz u bizga ko'p narsa bergan noyob futbolchidir. Ammo, Neymar o'z tanlovini amalga oshirgan va o'z oldiga yangi maqsadlarni qo'ygan", - deydi Alba.


AlisherMuallif
Manba: Goal.com