Aleksandr Xomyakov: "Bizda himoyachilar muammosi ko'zga tashlanmoqda"

Alisher
3 aug 2024
Superliganing 14-turidan o'rin olgan "Andijon" - OKMK (2:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Albatta, og'ir va bosimlarga boy o'yin bo'ldi. Ikkita gol urib ham g'alaba qozona olmaganimiz alamli. Birinchi bo'limni yuqori kayfiyatda tugatgandik. Etiborni yo'qotdik, xatolarimiz evaziga gollar o'tkazib yubordik. Raqib qarshi hujumlarda yaxshi o'ynadi va bizni jazoladi. Nima ham derdim, bu futbol, OKMK jamoasini g'alaba bilan tabriklayman.

- Jamoa birinchi bo'limda yaxshi o'yin namoyish etdi. Lekin ikkinchi bo'limda negadir xatolar ko'zga tashlandi. Nima uchun ko'p xato qiladigan futbolchilar almashtirilmaydi?

- Zaxiralardan unumli foydalanishga harakat qildik. Ko'rdingiz, zaxiradan futbolchilarni maydonga tushirib o'yinni kuchaytirmoqchi edik, lekin baribir gollar o'tkazib yubordik. Bu mening qarorim, ayrim futbolchilarda jarohat bor. Mamatkazinning ukasida ham jarohat bor, bizda himoyachilar muammosi ko'zga tashlanayapti. Hozir kim tarkibga kerak yoki kerak emasligini tahlil qila olmaymiz. Buning ham vaqti keladi.

- Levan Arveladze yaxshi o'ynayotgandi, lekin almashtirildi. Buning sababi nima?

- U mavsum davomida ko'p o'yin o'tkazayapti. Arveladze bizga kerak. Ko'rgan bo'lsangiz unda ham charchoq tufayli xatolar kuzatila boshladi. 

- Darvozabon Eldor Adhamovning o'yiniga qanday baho berasiz?

- Kim tayyor bo'lsa, shuni maydonga tushiramiz. Bugun asabiy o'yin bo'lgani rost. Muxlislardan etiroz? Aytib o'tdim, asabiy o'yin bo'ldi. Bunday uchrashuvlarda istalgan kishida emociyalar yuzaga chiqadi.




AlisherMaqola muallifi
Qopqoq: championat.asia

Izohlar

Фанат78
3 aug 2024
Продажей твари
Gggkchjfig Gofifyu
4 aug 2024
Эхх андижон хафсалани пир килдинг туппа тузук уйнаб туровдинга. Иккинчи голдан кейин хам хужумга боравериш урнига уйинни ташлаб юборди булар.