Alonso "Real" bosh murabbiyi bo'lishga tayyor, faqat bitta shart bilan

Sherzod Nurmatov
31 mar 2025
Madridning "Real" klubi Leverkuzenning "Bayer" jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonsoga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Bu haqda Ispaniyaning "El Gol Digital" nashri xabar tarqatdi.

Manba malumotlariga ko'ra, mutaxassis "qirollik klubi"ni boshqarishga tayyor, biroq klub u bilan birga "farmacevtlar"ning germaniyalik yarim himoyachisi Florian Virc bilan ham shartnoma tuzishi lozim.

Florian Virc 204/25 yilgi mavsum klub miqyosida 39 o'yin o'tkazib, 15 ta gol urdi va 13 ta golli pas uzatdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 140 mln evroga baholagan.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: El Gol Digital

Izohlar

Muhammadqodir Muhtorov
31 mar
Menimcha bu noto'g'ri xabar, Realdagi tarkib har qanday murabbiyni jalb qila oladi uni ustiga u murabbiy pik paytini Realda o'tkizgan bo'lsa. Shuningdek bu Alonso ekan undan kuchlilari ham Realga shart qo'ymagan bundan keyin ham shundau ketsa kerak prinsiplar o'zgarmaydi
{ CHELSEA }
31 mar
Sarlavhani oʻqib, shogirdlarini olib kelsa kerak deb oʻylagandim...