Alvares penalti haqida: "Qoidalar aniqroq bo'lishi kerak"

Aslanov Jasurbek
22 mar 2025
Xulian Alvares Madrid derbisidagi penalti bilan bog'liq vaziyatni izohladi.

"Real" UEFA Chempionlar ligasi chorak finalida "Atletiko"ni musobaqadan chiqarib yubordi.

O'yindan keyingi penaltilar seriyasida "matraschilar" hujumchisi Xulian Alvares zarbadan avval sirpanib ketdi va to'pga ikkala oyog'i bilan tegdi. Shunga qaramay u gol urdi, biroq bosh hakam VAR bilan muhokamadan so'ng uni hisobga olmadi.

"Vaziyatni ming marta ko'rdim. Hamma joyda video bor. Men to'pni his qilmadim. Agar to'pga ikki marta tekkan bo'lsa, kontakt minimal edi va uni sezish sezmadim.

Qoidalar biroz aniqroq bo'lishi kerak, chunki men bu narsadan foydalanishga uringanim yo'q. Masalan, darvozabon oldinga chiqib, penaltini qaytarsa, zarba qaytadan tepiladi. Bunday bo'lib qolganidan afsusdaman", – dedi "Atletiko" hujumchisi.


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Qopqoq: Marca

Izohlar

FC BARSELONA
22 mar
Hechqisi yo'q hayotda bunday vaziyatlar ham bo'lib turadi keyingi bosqichga o'tish nasib qilmagan ekan
Н.Н.Н
22 mar
Укагинам энди хайрон булишингни фойдаси йук хайит утиб кнтди энди хинани керагм йук
Н.Н.Н
22 mar
Укагинам энди хайрон булишингни фойдаси йук хайит утиб кнтди энди хинани керагм йук
Uzbekistan chempion
22 mar
Adolat bulganda qayta tepish kerak edi chunki Alvares ataylab qilmadi buni hamma ko'rdi Atletikoni ochiqchasiga chopishdi
Mavr
22 mar
Пенальтини битта оёкда тепиш кк кушоёкдамас долбанг