Ana xolos. "Yuventus" mavsumning ilk o'yinlarini boshqa murabbiy qo'l ostida boshlaydi

Alisher
21 avg 2019
"Yuventus" bosh murabbiyi Maurisio Sarri "Parma" va "Napoli"ga qarshi o'yinlarni sog'ligidagi muammolar sabab o'tkazib yuboradi.

Bu o'yinlarda jamoani Jovanni Martuskollo boshqarib boradi. Bu murabbiy "Empoli"dagi ishlari orqali bizga yaxshi tanish.

Bundan tashqari, Jovanni Sarriga mutaxassis "Empoli" va "Napoli" klublarini boshqarib yurgan payti yordam bergan.

Eslatib o'tamiz, "Yuventus" A Seriyaning 1-turini "Parma"ga qarshi o'yin bilan boshlaydi.

O'yin 24 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.


AlisherMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport